Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 26-28 fevral kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-27 fevralda kechasi -7...-12 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 28 fevralda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi 26 va 28 fevralda +2...+7 daraja, 27 fevralda +0...+5 daraja; Navoiy viloyati shimolida 26-27 fevralda kechasi -7...-12 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 28 fevralda kechasi -5...-10 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 26-27 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 28 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 fevralda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, 27 fevralda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +0...+5 daraja, 28 fevralda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:58 / 24.03.2025
O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

14:30 / 23.03.2025
Hafta boshida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

15:54 / 20.03.2025
Keyingi haftada ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda

13:48 / 20.03.2025