Aleksey Navalniyning jasadi onasiga topshirildi

Jahon 20:45 / 24.02.2024 33797

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning jasadi onasi Lyudmilaga topshirildi. Bu haqda siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lyudmila Navalnaya hamon Salexard shahrida bo‘lib turibdi.

«Dafn marosimi hali oldinda. Hukumat marosimni oilasi xohlaganidek va Alekseyga munosib tarzda amalga oshirishga xalaqit beradimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz», deb yozdi Yarmish.

Avvalroq, Aleksey Navalniyning o‘limi sabablari bilan shug‘ullanayotgan tergovchi uning onasi Lyudmila Navalnayaga qo‘ng‘iroq qilib, ultimatum qo‘ygani, jumladan, 3 soat ichida yashirin dafn marosimi o‘tkazishi yoki Aleksey koloniyada dafn qilinishini aytgani haqida xabar berilgan edi.

Navalniyning koloniyada vafot etganini haqida 16 fevral kuni e’lon qildi. Kira Yarmish so‘zlariga ko‘ra, Navalniy onasiga ko‘rsatilgan o‘lim haqidagi tibbiy xulosada uning o‘limi sabablari tabiiy ekani aytilgan. Siyosatchining o‘limi sabablari haqida hozircha rasmiy bayonotlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: