Avdiyivka Rossiya istilosi ostida. Ilk kadrlar

Jahon 15:32 / 22.02.2024 18223

Ukrainada urushning 728-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastida rossiyalik harbiylar to‘planib turgan poligonga zarba berdi. BBC ma’lumotiga ko‘ra, kamida 60 kishi halok bo‘lgan, yaralanganlar ham ko‘p.
  • Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketi bo‘yicha kelishib oldi.
  • Reuters agentligi aniqlashicha, Eron Rossiyaga «yer-yer» toifasidagi 400 ta ballistik raketa bergan.
  • BBC va «Mediazona» Ukrainada halok bo‘lgan 45 ming nafar rossiyalik harbiy shaxsini tasdiqladi.
  • Yevroittifoq mamlakatlari «Yandeks» asoschilaridan biri Arkadiy Volojni sanksiya ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi. 2023 yil avgustida u urushga qarshi chiqish qilgan va Bryusseldan unga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragandi.
  • Rossiya qo‘shini Avdiyivka uchun janglarda 16 ming harbiy yo‘qotgani haqida yozgan Z‑bloger Andrey «Murz» Morozov o‘z joniga qasd qildi; o‘limidan oldin yozgan postida u rossiyalik propagandachilar tomonidan kamsitilgani haqida shikoyat qilgandi.

Rossiya qo‘shini Avdiyivkada

Donetskdan 13 kilometr masofada joylashgan Avdiyivka shahri Ukraina qurolli kuchlari uchun 2015 yildan buyon Donetsk oblastidagi muhim istehkom sanalardi. So‘nggi oylarda shahar uchun shiddatli janglar kechdi. 2024 yil fevral oyi boshida Ukraina qurolli kuchlari Avdiyivkaga 3-shturm brigadani qo‘shimcha kuch sifatida tashladi. Ammo, ukrain harbiylarining o‘zi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu vaqtga kelib vaziyat kritik tus olib bo‘lgandi. Yaqinda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlangan Oleksandr Sirskiy 17 fevral kuni ukrain qo‘shini Avdiyivkadan olib chiqilgani haqida e’lon qildi. U chekinish to‘g‘risidagi qarorni «qurshovga tushib qolishdan qochish hamda harbiy xizmatchilarning hayoti va salomatligini saqlab qolish» zarurati bilan izohlagan.

Keyingi kuni «Tavriya» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni Oleksandr Tarnavskiy «ma’lum miqdordagi» ukrain harbiy xizmatchilari Avdiyivkadan chiqishning yakuniy bosqichida «raqibning ustun kuchlari bosimi ostida» asir tushganini ma’lum qildi. The New York Times gazetasi jangda qatnashgan harbiylarga asoslangan holda Avdiyivkadan chekinish vaqtida bedarak yo‘qolgan harbiylar soni 850 nafargacha ekani haqida xabar tarqatdi. Katta ehtimol bilan, ular orasida nafaqat asirga tushgan jangchilar, balki pozitsiyalarda qoldirilgan va rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan askarlar ham bor. Ukraina qurolli kuchlari vakili 21 fevral kuni The New York Times nashrining Avdiyivkada yuzlab harbiylar asir tushgani to‘g‘risidagi xabarini Rossiya propagandasining «siyqasi chiqqan feyki» deb atadi.

Ukrainlar Avdiyivkadan chekinganidan ikki kun o‘tib rossiyaliklarning harbiylashgan telegram-kanallarida qon ko‘lmagi ichida yotgan bir necha ukrain harbiylarining jasadlari aks etgan video tarqaldi. Postda aytilishicha, bular «Ukraina qurolli kuchlari garnizonining rossiyalik jangchilar tomonidan egallangan „Zenit“ tayanch punktida qolgan qismi» ekani aytilgan. Quyida bir necha oylik janglardan keyin rossiyaliklar tomonidan egallangan Avdiyivka manzaralari aks etgan suratlar.

Rossiya Markaziy harbiy okrugining 55-motoo‘qchilar brigadasi jangchilari Avdiyivka hududida patrullik qilmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Avdiyivkada vayron qilingan ko‘p qavatli uy
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Avdiyivkadan chekingan ukrain harbiylari

Avdiyivkadan 20 kilometr shimoli-g‘ardagi Pervaya Novoselovka qishlog‘idagi yo‘lda tinch aholi vakillari va ukrain harbiylari tanki
Narciso Contreras / Anadolu / Getty Images
Og‘ir yaralangan ukrain harbiysi Pervaya Novoselovka qishlog‘idagi evakuatsiya punktida
Narciso Contreras / Anadolu / Getty Images
Ko‘proq yangiliklar: