Polsha fermerlari Ukraina bilan chegara blokadasini kuchaytirdi

Jahon 11:29 / 21.02.2024 5625

Polshalik fermerlar butun mamlakat bo‘ylab Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga qarshi namoyishlarni kengaytirdi. 20 fevral, seshanba kuni ular nafaqat Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini, balki respublika va mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim yo‘llarni ham to‘sib qo‘yishni boshladi, shuningdek, bir qator shaharlarda, xususan, Gdansk va Krakovda aksiyalar o‘tkazib, u yerdagi transport harakatini qisman to‘sib qo‘ydi. 

Ayrim joylarda norozilik namoyishlariga Polsha ovchilik jamiyatlari vakillari qo‘shilmoqda, deb xabar beradi RMF24. Nashrning yozishicha, fermerlar katta e’tibori seshanba kuni Polsha turli burchaklaridan kelgan fermerlar va boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblari yig‘ilishi kerak bo‘lgan «Dorogusk-Yagodin» nazorat-o‘tkazish punkti blokadasiga qaratilgan. RMF24muxbirlarining xabar berishicha, fermerlar mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha birorta ham yuk mashinasini o‘tkazmaslikni rejalashtirgan. 

Polsha fermerlari oltita NO‘Pda blokadani kuchaytirdi

20 fevral kuni namoyishchilar Ukraina bilan chegaradagi bir nechta nazorat-o‘tkazish punktlarida transport harakatini yanada chekladi, deb xabar berdi Ukraina davlat chegara xizmati. Xususan, idora ma’lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillarining «Dorogusk – Yagodin», «Medika-Shegini», «Dolgobichuv-Ugrinov», «Zosin-Ustilug», «Korcheva-Krakovets» va «Grebnoye-Rava» nazorat-o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishi to‘liq yoki qisman bloklangan.

Namoyishchilar Germaniyaga mo‘ljallangan donni vagonlardan sochib tashladi

«Medika-Shegini» nazorat-o‘tkazish punktida polshalik fermerlar g‘alla bo‘lgan Ukraina yuk vagonlarini ochib, yo‘llarni bir muddat to‘sib qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda fermerlar Polsha madhiyasini kuylab Ukrainadan kelayotgan bir necha yuk vagonlaridan makkajo‘xori tushirayotgani aks etgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya hududni o‘rab oldi, shundan so‘ng temiryo‘l blokadadan chiqarildi.

Ikki ochilgan, ichida g‘alla bo‘lgan vagon Germaniyaga mo‘ljallangan edi. Hammasi bo‘lib, ushbu stansiyada Ukrainadan qishloq xo‘jaligi tovarlari solingan 40 ga yaqin vagon bor. Ukraina jamoalar, hududlar va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Aleksandr Kubrakov Ukraina g‘allasining temiryo‘l bo‘ylab sochilishini «ikki davlat xalqlari o‘rtasida bo‘linish yaratishga qaratilgan navbatdagi siyosiy provokatsiya» deb atadi. 

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Polsha rasmiylarini Polsha-Ukraina chegarasida namoyishchilarning harakatlariga huquqiy baho berishga va chegara blokadasini ochishni ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi vakili Oleg Nikolenko Facebook’da yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, polshalik namoyishchilar va ba’zi radikal siyosatchilarning harakatlari Ukraina iqtisodiga putur yetkazadi va Rossiya qurolli agressiyasini qaytarishga qarshilik ko‘rsatadi. 

Polshadagi fermerlarning noroziligiga soliqlar ko‘payishi, subsidiyalar qisqartirilishi, shuningdek, Yevropa komissiyasining Ukraina g‘allasi savdo taqiqini bekor qilish haqidagi qarori sabab bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: