Banan importi 5 foizga kamaydi

Iqtisodiyot 14:25 / 19.02.2024 9916

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili import qilingan 133,5 mln tonna bananning umumiy qiymati 95,1 mln dollar bo‘lgan.

Importning 97,4 foizi Ekvador hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Ekvador – 130 ming tonna
  • Xitoy – 1043 tonna
  • Gruziya – 976 tonna
  • Turkiya – 746 tonna
  • Qozog‘iston – 375 tonna

Xitoy 2023 yilda ilk marta O‘zbekistonga banan yetkazib beruvchilar ro‘yxatida to‘rtlikka kirdi.

2021 yil oktyabrda oyida banan importi bojxona bojidan ozod qilinganidan keyin, bu meva importi keskin oshgan edi:

Eslatib o‘tamiz, banan va boshqa bir qator oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojsiz rejim muddati bir necha marta uzaytirilgan, o‘tgan yili oxirida muddat 2024 yil oxirigacha deb belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: