Moskva – Samarqand reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga jo‘natildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, ko‘rinishning pastligi qayd etilgan.
Shu sababli, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY606 (Moskva – Samarqand) reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketishga qaror qilgan.