Rossiyada va xorijda 16 fevral kuni Yamalo-Nenetsk okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida vafot etgan siyosatchi Aleksey Navalniy xotirasi uchun aksiyalar boshlandi. Rossiyaliklar asosan siyosiy qatag‘onlar qurbonlari uchun o‘rnatilgan yodgorliklar oldiga gullar olib kelishdi. Ayrim shaharlardagi yodgorliklar oldida politsiya navbatchilikda turdi: Ulyanovskda fuqaro kiyimidagi xodimlar qo‘yilgan gullarni olib tashlash va aksiya ishtirokchilarini suratga tushirish bilan mashg‘ul bo‘lishdi, Novosibirskda politsiyachilar «minalashtirilgani» haqidagi xabar bilan hududni o‘rab olishdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun Rossiya bo‘ylab Navalniy xotirasiga uyushtirilgan aksiyalarda 110 kishi qo‘lga olingan, shundan eng ko‘p qismi Sankt-Peterburgda, bu shahardagi politsiya bo‘limlariga 69 kishi olib kelingan.
Shu kuni dunyoning boshqa ko‘plab shaharlarida ham, Peru poytaxti Limadan tortib, O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ham siyosatchini xotirlashdi, g‘arb shaharlaridagi Rossiya elchixonalari oldiga plakatlar va gullar keltirishdi.
AQSh
Argentina
Peru
Buyuk Britaniya
Shveytsariya
Ispaniya
Latviya
Estoniya
Fransiya
Italiya
Serbiya
Finlandiya
Gurjiston
Armaniston
Polsha
Germaniya
O‘zbekiston
Rossiya
Sankt-Peterburg
Moskva