NATO Ukrainaga bir millionta dron yetkazib beradi

Jahon 22:53 / 15.02.2024 10854

NATO ittifoqchilari Ukrainaga bir millionta dron yetkazib bermoqchi. Bu haqda Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlarining yig‘ilishida e’lon qilindi. 

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg matbuot anjumanida «NATO Moskvada bizning barcha ittifoqchilarimizni himoya qilish majburiyatimizga shubha qilishiga o‘rin yo‘qligini ta’minlashda davom etmoqda», dedi. 

Uning eslatishicha, ikki yillik keng ko‘lamli urush davomida AQSh Ukrainaga harbiy, moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rinishida qariyb 75 milliard dollar ajratgan. Yana 100 milliard dollar NATO boshqa ittifoqchilari va hamkorlari tomonidan taqdim etilgan. Stoltenberg ta’kidlaganidek, mudofaa vazirlari yig‘ilishda yangi yordam paketlari bo‘yicha kelishib oldi. Unda millionta drondan tashqari, F-16 qiruvchi samolyotlari va havo hujumidan mudofaa uskunalari uchun butlovchi qismlar bor. 

NATO, shuningdek, Polshada o‘quv markazini tashkil qiladi. U yerda NATO harbiylari ukrainaliklar bilan birga mashg‘ulotlar o‘tkazadi. 

Ukraina qachon NATO a’zo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga Stoltenberg «Ukraina endi NATO a’zoligiga har qachongidan ham yaqinroq», deb javob berdi.

Ko‘proq yangiliklar: