Imomali Rahmon tojikistonlik amaldorlarga kamida ikkita chet tilini o‘rganishni buyurdi
Tojikiston rahbari buning uchun 1 yil muxlat berdi.

Foto: Flickr
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon respublikaning barcha viloyatlari sudyalarini lavozimidan ozod qilish va tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi hamda yangi kadrlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida u kasbiy mahoratni oshirish, milliy qonunlar va xalqaro huquq normalarini o‘zlashtirish, tilni bilish kabi masalalarga e’tibor qaratdi.
Shu bilan birga, prezident har bir davlat xizmatchisi davlat tilini yuqori saviyada bilishi, shuningdek, kamida ikkita chet tilini bir xil darajada bilishi shartligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan adliya tizimi xodimlariga va barcha davlat xizmatchilariga chet tillarini chuqur o‘rganish uchun bir yil muddat berish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda ularga nisbatan zarur choralar ko‘rish topshirildi.
«Vijdonli va halol, xushmuomala bo‘ling, chunki jamiyatda inson xalqqa xolis xizmat qilish orqaligina izzat va hurmatga erisha oladi», dedi Tojikiston prezidenti davlat xizmatchilariga.
Mavzuga oid

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024