Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksandr Stubb Finlandiya prezidenti etib saylandi
Saylov kampaniyasi davomida u o‘zini NATO va aksilrossiya kursining faol tarafdori sifatida ko‘rsatdi.

Foto: EPA
Finlandiya sobiq bosh vaziri Aleksandr Stubb barcha byulletenlar sanab o‘tilgandan so‘ng 51,6 foiz ovoz to‘plab, prezident saylovining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi, deb xabar berdi Yle.
Prezidentlikka ikkinchi da’vogar, Finlandiya tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Pekka Haavisto 48,4 foiz ovoz oldi.
Stubb va Haavisto 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi bosqichidan so‘ng mos ravishda 28,3% va 25,8% natija bilan ikkinchi turga chiqqan edi. Prezidentlik saylovoldi tashviqotida jami 9 nafar nomzod ishtirok etdi.
Qonunga ko‘ra, prezident 6 yilga, ketma-ket ikki muddatdan ko‘p bo‘lmagan davrga saylanadi. Stubb o‘n uchinchi davlat rahbari bo‘ladi. U 1 martdan lavozimga kirishadi.
Aleksandr Stubb mamlakat hukumatlarida qator vazirlik lavozimlarida ishlagan. 2008 yilda tashqi ishlar vaziri etib tayinlanganidan keyin u o‘zini NATO tarafdori sifatida ko‘rsatdi. 2014-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasini boshqargan. 2017 yilda u siyosatni abadiy tark etishini e’lon qildi.
2023 yilda Stubb, ko‘pchilik uchun kutilmaganda, davlat rahbari lavozimiga saylovda ishtirok etishini e’lon qildi.
Finlandiya 2023 yil aprelida NATO a’zosi bo‘lganidan beri birinchi marta yangi prezidentni saylamoqda. Boshqa ko‘plab G‘arb davlatlari davlat rahbarlaridan farqli o‘laroq, Finlandiya prezidenti tashqi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, NATO tashkilotida mamlakatni ifodalaydi va mudofaa kuchlarini boshqaradi.
Saylov kampaniyasi davomida Stubb o‘zini Yevroatlantika va aksilrossiya kursining faol tarafdori sifatida ko‘rsatdi. U Rossiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lishiga qarshi ekanini bildirdi, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Ukrainada bo‘lsa, sharqiy qo‘shnisi bilan to‘laqonli munosabatlarni rad etishga chaqirdi. Muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish va ulardan Kiyevga yordam berish uchun foydalanishni qo‘llab-quvvatladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
-
Rossiya dronlarining Xarkivga hujumida kamida 3 kishi jabrlandi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

20:09 / 09.07.2025
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi

22:49 / 27.06.2025
Yevroparlament Finlandiyaga Rossiya bilan chegarani yopishga ruxsat berdi

23:56 / 18.06.2025
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV

20:49 / 09.06.2025