Osiyo kubogi tarixida ilk marta Markaziy Osiyoning ikki jamoasi chorakfinalga chiqdi

Sport 19:37 / 01.02.2024 18770

Osiyo kubogi-2023 nimchorakfinal so‘nggi o‘yini doirasidagi Eron – Suriya bahsidan keyin barcha chorakfinalchilarning nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Turnir favoritlaridan biri sifatida sanalgan Eron milliy jamoasi Ektor Kuper boshqaruvidagi Suriya bilan 120 daqiqa davom etgan bahsda 1:1 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida 5:3 hisobida ustun kelgan holda 1/4 finalga yo‘llanma oldi. Bu bosqichda forslar Yaponiyaga qarshi saf tortadi.

Avvalroq, chorakfinalda Tojikiston – Iordaniya, Avstraliya - Janubiy Koreya, O‘zbekiston esa mezbon Qatarga qarshi maydonga tushishi oydinlashgandi.

Qayd etish joiz, Osiyo kubogi tarixida ilk marta Markaziy Osiyoning ikki jamoasi chorakfinalga yo‘llanma oldi. 

Osiyo kubogi-2023. 1/4 final juftliklari:

2 fevral (16:30)
Tojikiston - Iordaniya

2 fevral (20:30)
Avstraliya - Janubiy Koreya

3 fevral (16:30)
Eron - Yaponiya

3 fevral (20:30)
Qatar – O‘zbekiston.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston nimchorakfinalda Tailandni mag‘lub (2:1) etgan holda chorakfinalga chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: