Telegramda zararli virus dasturlar tarqatib kelgan 18 yoshli yigit ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazi hamda Farg‘ona viloyati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv va texnik tadbirlar davomida Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi “haker” yigit ushlangan.
18 yoshli M.A. “Telegram”dagi “Cyber education” nomli kanalga kompyuter tizimiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan turli xil dasturlarni joylashtirish orqali tarqatib kelgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda
Ma’lumot uchun, qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun BHMning yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

12:24 / 17.02.2025
Rossiyalik hakerlar MSC arafasida Bavariyadagi kiberhujumda gumonlanmoqda

21:16 / 04.02.2025
iPhone smartfonlarida birinchi marta troyan-virus aniqlandi

09:33 / 16.01.2025