Osiyo kubogi-2023. Janubiy Koreya Saudiya Arabistonini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi

Sport 00:19 / 31.01.2024 12941

Osiyo kubogi-2023 nimchorakfinali doirasidagi final oldi final deya ta’riflangan Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya bahsi penaltilar seriyasigacha davom etdi.

Shiddatli o‘tgan bahsning ikkinchi bo‘limi boshida saudiyaliklar safida zaxiradan maydonga tushgan Radifning goli Saudiya Arabistoniga Janubiy Koreya ustidan muhim g‘alabani keltirishga yaqin edi. Ammo 90+9-daqiqada koreyslarning ketma-ket hujumlaridan biri Chjoning goli bilan yakunladi – 1:1.

O‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etgach, 120 daqiqa davom etgan bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Penaltilar seriyasida esa omad koreyslarga kulib boqdi. Shu tariqa, turnir favoritlaridan biri bo‘lmish Roberto Manchini murabbiyligidagi Saudiya Arabistoni Osiyo kubogi-2023 bilan xayrlashdi. Janubiy Koreya esa Avstraliya, Tojikiston, Qatar, Iordaniya, O‘zbekistondan keyin 1/4 finalga chiqqan 6-jamoaga aylandi. Yurgen Klinsmann shogirdlari chorakfinalda 2 fevral kuni Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo kubogi-2023. Nimchorakfinal

Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya 1:1. Penaltilar seriyasi: 2:4

Gollar: 1:0 – 46 Radif, 1:1 – 90+9 Chjo.

Saudiya Arabistoni – Al-Kassar, Abdulhamid, Al-Avjami, Al-Bulayxi, Tombakti, Al-Bureyk, Kanno, Al-Haybari, Ad-Dosari (Al-Muvallad, 72), Ad-Dosari (G‘arib, 84), Ash-Shahri (Radif, 46).

Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Txe Xvan, Kim Yen Gvon, Chjon Sin Xen (Pak Yen U, 64), Kim Min Chje, Sol Yen U, Li Chje Son (Chjo Gyu Son, 64), Xvan In Bom, Li Kan In, Chjon Vu Yen (Xvan Xi Chxan, 54), Son Hyon Min.

Ogohlantirishlar: Kim Yen Gvon (49).

Ko‘proq yangiliklar: