Maskning Neuralink kompaniyasi birinchi marta odamga chip o‘rnatdi
Operatsiyaning dastlabki natijalari istiqbolli ekani ta’kidlanmoqda – nervlarning ko‘plab impulslari aniqlangan.

Ilon Mask 30 yanvar kuni birinchi bemorga Neuralink kompaniyasining implantati o‘rnatilgani va u allaqachon tuzalib ketayotganini e’lon qildi.
Chipni implantatsiya qilish bo‘yicha operatsiyaning dastlabki natijalari istiqbolli ekani ta’kidlanmoqda – nervlarning ko‘plab impulslari aniqlangan.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, Neuralink kompaniyasining birinchi mahsuloti Telepathy deb ataladi. Bu telefon yoki kompyuterni va ular orqali deyarli har qanday qurilmani shunchaki fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradi.
Telepathy chipining birinchi foydalanuvchilari oyoq-qo‘llarini nazorat qilishni yo‘qotgan bemorlar bo‘ladi. Mask chipni implantatsiya qilish orqali faolroq hayot kechirishi mumkin bo‘lgan Stiven Hokingni misol tariqasida keltirdi.
Avvalroq Neuralink maymunlar miyasiga implantat o‘rnatgan va ularning oddiy video o‘yinlarni o‘ynash qobiliyatini namoyish qilgan edi. Kompaniya ko‘ngilli insonlarga chip o‘rnatish uchun ruxsatni 2023 yil bahorida oldi.
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

16:11 / 09.03.2025
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

18:44 / 07.03.2025