Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi
Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan.
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilib, jinoyat ishi ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Aniqlanishicha, hodisa 18 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Tezkor-tergov guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruvda maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida «yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishga» olib kelgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Mavzuga oid

17:30
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

21:13 / 14.02.2025
Olimlar «Novichok» kabi zaharlarni aniqlaydigan dasturni ishlab chiqdi

18:15 / 14.02.2025
Moskvadagi migrantlar mehmonxonasida ommaviy zaharlanish yuz berdi

11:50 / 10.02.2025