AQSh fond bozori indekslari sezilarli darajada ko‘tarildi, asosiy qimmatbaho metallar esa arzonlashdi

Iqtisodiyot 14:12 / 21.01.2024 6596

Jahon moliya bozorlari dunyoning bir qator markaziy banklari tomonidan olib borilgan «Miqdoriy qisqarish» siyosati ta’sirini turli ravishda boshlaridan o‘tkazishmoqda. Masalan, AQShning Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalarini bir necha yig‘ilishlardan beri o‘zining tarixiy cho‘qqisida o‘zgarishsiz ushlab turgan bo‘lsa ham, mamlakat fond bozori «Qisqartirish siyosati» e’lonidan so‘ng yo‘qotgan pozitsiyasini butunlay tikladi. Ya’ni haftaning oxirgi kunidagi savdolarda S&P500 va NASDAQ indekslari tarixiy cho‘qqisini yangiladi va qarshilik darajasini tepaga buzib o‘tdi. Endilikda, fond bozori ishtirokchilari aksiyalarning o‘sish sikli ustuvor bo‘lishiga umid qilmoqda va bundan tashqari FZT foiz stavkasini tushirish masalasini ko‘rib chiqishni boshlashi prognoz qilinmoqda.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 15 yanvardan 19 yanvargacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.   

AQSh top fond bozorlari indeksi:

·       S&P500: +1,17 foiz (yil boshidan +1,47 foiz);

·       NASDAQ: +2,86 foiz (yil boshidan +2,90 foiz);

·       DJI: +0,72 foiz (yil boshidan +0,46 foiz).

AQSh fond bozori indekslari so‘nggi hafta sezilarli darajada ko‘tarildi. NASDAQ hafta davomida 481 punktga, Dow Jones 271 punktga S&P500 indeksi esa 56 punktga oshdi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

·       Oltin: -0,95 foiz (yil boshidan  -1,62 foiz);

·       Kumush: -2,47 foiz (yil boshidan  -4,92 foiz);

·       Alyuminiy: -1,97 foiz (yil boshidan -9,04 foiz);

·       Mis: +1,48 foiz (yil boshidan -2, 37 foiz).

Hafta davomida oltin 20 dollarga, alyuminiy 44 dollarga, kumush esa 57 sentga arzonlashdi. Faqatgina mis narxi 6 sentga ko‘tarildi.

Neft

·       WTI: +0,89 foiz (yil boshidan +2,94 foiz);

·       BRENT: +0,38 foiz (yil boshidan +2,09 foiz).

Neft joriy hafta ham fletda harakatlanishni davom ettirdi, ammo oldingi haftadagi qizil shamchiroqdan so‘ng bu hafta WTI 65 sentga, BRENT esa 30 sentga qimmatlashdi.

Valutalar

·       EUR/USD:  -0,47 foiz (yil boshidan -1,27 foiz);

·       USD/CNY:  +0,37 foiz (yil boshidan +1,34 foiz);

·       USD/TRY:   +0,35 foiz (yil boshidan +2,15 foiz);

·       USD/UZS:  -0,08 foiz (yil boshidan +0,65 foiz);

·       USD/RUB:   -0,23 foiz (yil boshidan -1,32 foiz).

AQSh valuta indeksi hafta mobaynida ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi, biroq raqib valutalarga bu turlicha ta’sir etdi. Masalan, yevro 0,47 foizga arzonlashgan bo‘lsa, rubl dollarga nisbatan 0, 23 foizga qimmatlashdi. Osiya mintaqasida esa yuan va liraning mos ravishda 0,37 foiz va 0,35 foizga qiymati pasaydi, ammo o‘zbek so‘mi 0,08 foizga o‘sdi.

Kriptovaluta

·       Bitcoin: -0,17 foiz (yil boshidan +1,48 foiz);

·       Ethereum: +0,73 foiz (yil boshidan +9,11 foiz).

Asosiy kriptovalutalardan bo‘lgan Bitcoin va Ethereumʼlar turli tarzda bosim his qilishmoqda. Aniqroq qilib aytganda, Bitcoin ETF narxlarni tebratib yuborgan bo‘lsa, Ethereum texnik jihatdan kichik muddatli korreksiya davrini boshidan o‘tkazmoqda. Bitcoin bilan 44 - 40 ming dollar orasida savdo qilinayotgan bo‘lsa, Ethereum bilan 2,6 - 2,4 ming dolar savdo qilindi.    

Bozorlar haqida qisqacha

AQSh makroiqtisodiy jihatdan, tebranib bo‘lsa-da yaxshilanayotgan bir paytda, bozorda me’yordan yuqori optimizm hukm surmoqda, buni so‘nggi inflatsiya ma’lumotlari e’lonidan so‘ng foiz stavkalarini tushirish bo‘yicha turli mulohazalar va statistik ma’lumotlar, mart oyida stavkani pasaytirish bo‘yicha prognoz pasayishi buni tasdiqlab berdi. Demak, birinchi o‘rinda esda tutish kerakki, AQShning so‘nggi inflatsiya ko‘rsatkichi 3,4 foizni tashkil etdi, bu FZTning 2 foizlik mo‘ljalidan hali ham uzoqligini tushunish lozim. Bundan tashqari, so‘nggi ko‘rsatkich prognozga nisbatan sezilarli darajada o‘sishi vaziyat murakkabligini tasdiqlab beradi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 15 yanvardan 19 yanvargacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas. 

Ko‘proq yangiliklar: