Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjeti daromadlarining o‘sishi keskin sekinlashdi
2023 yilda davlat budjeti daromadlari 14,8 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, hatto pandemiya ro‘y bergan 2020 yilda ham budjet daromadlari bundan ko‘proqqa oshgan edi. O‘tgan yili yer, mulk va jismoniy shaxslarning daromad soliqlaridan tushumlar sezilarli ko‘paygan. O‘z navbatida, aylanmadan olinadigan soliq kamaygan, foyda solig‘i tushumlari esa bor-yo‘g‘i 8,5 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz
2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlari 231,7 trln so‘m bo‘lgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi. Xarajatlar borasidagi ma’lumotlar hali ochiqlanmadi.
Vazirlikning qayd etishicha, 2023 yilda davlat budjeti daromadlari 2022 yilga nisbatan 14,8 foizga oshgan.
Bu – budjet daromadlari o‘sishi sekinlashganini anglatadi. Daromadlar o‘sishi 2022 yilda 22,5 foiz, 2021 yilda 23,9 foiz, pandemiya boshlangan 2020 yilda esa 18,5 foiz bo‘lgandi.
2023 yilning birinchi va so‘nggi bank kunlari uchun Markaziy bank belgilagan rasmiy kurslarning o‘rtachasidan kelib chiqib hisoblansa, o‘tgan yilgi davlat budjeti daromadlari 19,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Daromadlarning 79,6 foizini soliqlar, 20,4 foizini esa soliqsiz tushumlar va boshqa daromadlar tashkil etgan.
O‘tgan yili soliq turlari orasida eng yuqori o‘sish bojxona bojida kuzatilgan – bu yo‘nalishdagi tushumlar 2022 yildagi 5,7 trln so‘mdan 2023 yilda 68,4 foizga oshib, 9,6 trln so‘mga yetgan.
Yer solig‘idan daromadlar 30,2 foizga (6,9 trln so‘mgacha), mol-mulk solig‘i tushumlari 27,5 foizga (5,1 trln so‘mgacha), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 23,0 foizga (29,9 trln so‘mgacha), aksiz solig‘i yig‘imlari 17,0 foizga (15,8 trln so‘mgacha) oshgan.

Soliq turlari orasida aylanmadan olinadigan soliq va foyda solig‘i bo‘yicha ko‘rsatkichlar pastligi bilan ajralib turadi. AOS tushumlari 4,0 foizga (2,4 trln so‘mgacha) pasaygan bo‘lsa, foyda solig‘idan daromadlar o‘sishi rasmiy inflsiya darajasidan pastroq bo‘lgan – 8,5 foiz (40,8 trln so‘mgacha).
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi
Jahon | 20:32
-
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
Jahon | 20:30
-
Keyingi qadam – tinchlikmi? Aliyev va Pashinyan nima haqda kelishib oldi?
Jahon | 20:23
Mavzuga oid

15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi

17:12 / 24.04.2025
Chilonzorda yangi piyodalar yo‘lagi ustidan «bruschatka» to‘shalmoqda

12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi

19:09 / 10.04.2025