The Best-2023. Messi - yilning eng yaxshi futbolchisi, Gvardiola - eng yaxshi murabbiy
FIFA 15 yanvar kuni Londonda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha 2023 yilning eng yaxshilarini taqdirladi.
Kutilmaganda Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 35 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya) va Kilian Mbappeni («PSJ» / Fransiya) ortda qoldirdi.
Barcha nominatsiyalar g‘oliblari:

Eng yaxshi futbolchi – Lionel Messi («PSJ», «Inter Mayami» / Argentina);

Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona» / Ispaniya)

Eng yaxshi murabbiy – Xosep Gvardiola («Manchester Siti» / Ispaniya);

Eng yaxshi ayollar murabbiyi — Sarina Vigman (Angliya milliy jamoasi)

Eng yaxshi darvozabon – Ederson («Manchester Siti» / Braziliya);

Eng yaxshi ayol darvozabon — Mari Erps («MYu» / Angliya)

Eng chiroyli gol muallifi – Gillermo Madruga («Botafogo» / Braziliya);

Fair Play sovrini – Braziliya milliy jamoasi

«Eng yaxshi muxlis» — Ugo Daniel («Kolon Santa Fe» / Argentina)
Ramziy jamoa 3-3-4 sxemasida ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real» / Belgiya);
Himoyachilar: Kayl Uoker («Manchester Siti» / Angliya), Jon Stounz («Manchester Siti» / Angliya), Ruben Diash («Manchester Siti» / Portugaliya);
Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti» / Belgiya), Bernardu Silva («Manchester Siti» / Portugaliya), Jud Bellinghem («Borussiya D», «Real» / Angliya);
Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ» / Fransiya), Vinisius Junior («Real» / Braziliya), Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya), Lionel Messi («PSJ», «Inter Mayami» / Argentina).
Mavzuga oid

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

14:40 / 17.01.2025
Holand «Manchester Siti» bilan kelishuvni 2034 yilga qadar uzaytirdi

23:50 / 17.12.2024
Vinisius eng yaxshi futbolchi, Anchelotti eng yaxshi murabbiy. FIFA The Best 2024 g‘oliblarini e’lon qildi

14:08 / 03.11.2024