Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste’molchilarning ichimlik suv to‘lovidan qarzi trillion so‘mga yaqinlashdi
Shuningdek, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish oqibatida davlatga 80,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Foto: UNIAN
Iste’molchilarning ichimlik suv to‘lovidan qarzi 938,7 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 757,3 milliard so‘m aholi, 181,4 milliard so‘m yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, shu kunga qadar qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha sudlarga jami 33,4 mingta da’vo arizasi kiritilgan. Shu bilan birga, sud qarori qabul qilingan 16,2 ming ijro varaqasi Majburiy ijro byurosiga taqdim etilib, 4,7 mingtasi bo‘yicha 16,2 milliard so‘mlik mablag‘ undirilgan.
Qayd etilishicha, iste’molchilar ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar oldindan 100 foiz haq to‘lashi lozim.
Shuningdek, «O‘zsuvta’minot» AJ va hududiy korxonalari tomonidan o‘tgan davr mobaynida 76 mingga yaqin reyd tadbiri o‘tkazilgan. Ushbu reydlar davomida ichimlik va oqova suv tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish bo‘yicha 12,7 mingta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, jami 80,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
8,7 ming holatda iste’molchilar tomonidan suv o‘lchagichdan foydalanish qoidalariga rioya qilinmagan bo‘lib, 34,9 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan, 5,2 ming iste’molchi tegishli tartibda tarmoqdan uzilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

22:31 / 19.06.2025
“Yuksalish” “O‘zsuvta’minot”ga qarshi – ikki tashkilot nega bahslashdi?

21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

10:23 / 19.03.2025