Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suv yetib boradi
O‘zbekistonda 2025 yilda 715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suvi yetib boradi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Joriy yilda 1 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor markazlashgan toza ichimlik suvi yetib boradi, 135 ming xonadon oqova tarmog‘iga ulanadi, 157 ming iste’molchiga zamonaviy hisoblagich o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, davlat rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi bo‘yicha 340 million yevrolik 3 ta loyiha kelishildi.
Sohani raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilinishi belgilangan. Besh yilda yirik suv inshooti va magistral quvurlarga 4 800 ta “aqlli” hisoblagich, 2 800 ta telemetriya tizimi o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Respublika va 14 ta hududiy suv ta’minoti korxonalarida yagona situatsion markaz tashkil etish orqali avariyalarni tezkor bartaraf qilish tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

22:31 / 19.06.2025
“Yuksalish” “O‘zsuvta’minot”ga qarshi – ikki tashkilot nega bahslashdi?

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

13:50 / 12.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi

11:51 / 29.05.2025