Orol dengizi qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha navbatdagi mavsumga tayyorgarlik boshlandi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, 2018 yilda Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturi boshlangan.
Ushbu tashabbusning maqsadi - suv havzasi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik ofat oqibatlarini yumshatishdan iborat. O‘tgan yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi agentligining sa’y-harakatlari natijasida Orol dengizining suvi qurigan tubi hududida cho‘l o‘simliklaridan ulkan o‘rmonlar barpo etildi.
Yaqin kunlarda ekish mavsumining navbatdagi jarayoni boshlanadi.
So‘nggi haftalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Muhandislik muhofazasi va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan aviatsiya yordamida ekiladigan saksovul urug‘lari tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid

16:25 / 08.02.2025
200 million tup daraxt, Orolda yuz ming gektar «yashil maydon» va salomatlik yo‘laklari – 2025 yil uchun «yashil rejalar»

10:36 / 07.02.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

14:39 / 13.01.2025
“Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-habi tashkil etiladi

13:31 / 12.06.2024