Sirdaryoda fuqarolarni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat 21:40 / 09.01.2024 5590

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Boyovut tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro I.I. fuqarolar S.M. va O.R.ning ishonchiga kirib, ularni 4 000 dollar evaziga Qozog‘istondagi OTMlardan biriga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlardan biriga ko‘chirib berishini aytib 3 900 dollar va 1,2 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: