Tenge Bank xayriya tadbirini o‘tkazdi va imkoniyati cheklangan bolalarni Yangi yil bilan tabrikladi

Jamiyat 17:49 / 29.12.2023 15531

“100 ta xayrli ish” loyihasi doirasida va Yangi yil bayrami arafasida “Tenge Bank” imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya aksiyasi o‘tkazdi.

Tadbir davomida Bank xodimlari O‘rta Chirchiq tumanidagi 124-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Toshkent viloyati, G‘azalkent shahridagi 125-son va Angren shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 500 nafar o‘quvchilari, shuningdek, Toshkent shahridagi “Quyoshli bolalar”uchun yangi yil bayrami chiqishlarini tashkil qilishdi.

Ko‘rgazmalar topishmoq va bellashuvlarga boy bo‘lib, bolalar o‘z muvaffaqiyat va yutuqlaridan xursand bo‘lishdi. Tadbirda ertak qahramonlari bo‘lmish Ayoz bobo va Qorqiz bilan davra raqsi bo‘ldi, ular ham kichik ishtirokchilarga shirin sovg‘alarni taqdim etib, Yangi yil bilan tabrikladilar.

Tenge Bank bolalarga Yangi yil kayfiyatini baxsh etishdan xursand bo‘lib, Yangi yilda barcha sog‘lom va baxtli bo‘lishini, atrofdagilarni xursand qilishlarini tilab qoladi.

 ________________________________________

 Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) 100 foiz sho‘’ba korxonasi hisoblanadi.

Halyk Bank Qozog‘istondagi yirik tizimli ahamiyatga ega banklardan biri, Halyk Group tarkibiga kiradi va keng mijozlar bazasi, mavjud tarmoqqa ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi yetakchi banklardan biridir.

Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini, brokerlik va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: