Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qadriyat» elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi
Noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs har oyda 5 mln so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi.

«Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan:
- noyob va (yoki) yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko‘maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari belgilab beriladi;
- ushbu ko‘rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda 5 mln so‘m miqdorida rag‘batlantirib boriladi;
- alohida ahamiyatga ega nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng tarqatish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi.
Qarorga ko‘ra, nomoddiy madaniy meros namunalarini «tayyorlash–o‘rgatish–tiklash–ommalashtirish» yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantiriladi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida etnofolklor laboratoriyasi tashkil etiladi.
Institutga 2024 yildan har yili to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratiladi.
Shuningdek, 2024 yildan har yili:
- madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlar xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladi;
- mart oyida «Milliy qadriyatlar oyligi» tadbirlari va xalq sayillari o‘tkazib boriladi.
2024 yil 1 oktyabrgacha «Qadriyat» elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

21:09 / 15.05.2025
“Aniq reja yo‘q” - Hastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?

07:35 / 10.01.2025
Ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga “yashil tadbirkor” maqomi beriladi

12:51 / 24.06.2024
Zominda “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi

16:31 / 29.09.2023