Topganga 40 mln so‘m mukofot va’da qilingan qidiruvdagi shaxs ushlandi

Jamiyat 15:55 / 24.12.2023 76543

2023 yil 18 dekabr kuni Toshkent shahrida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanib hibsga olingan 3 nafar shaxs qochib ketgani haqida e’lon berildi. Avvalroq ularning ikki nafari ushlangan, uchinchisini qidirish ishlari davom etayotgandi.

Qochib ketganlarning uchinchisi Akromjon Abdullayev ham ushlangan. Buni Kun.uz’ga IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov tasdiqladi.

Akromjon Abdullayev Toshkent tumani Oqtom qishlog‘i hududida qamishlar orasida bekinib yotgan joyida qo‘lga olingan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati avvalroq qochib ketganlardan ikki nafari, 1982 yilda tug‘ilgan Rustamjon Umarov va 1995 yilda tug‘ilgan Tohirjon Pattayev qo‘lga olingani, 1990 yilda tug‘ilgan Akromjon Abdullayevni qidirish davom etayotgani haqida xabar bergandi.

Ko‘p o‘tmay qidiruvdagi shaxsni topganga 40 mln so‘m mukofot e’lon qilindi.

«Qidiruvdagi shaxsning qayerda ekani xaqida xabar bergan yoki topishda ko‘maklashgan fuqarolar umumiy 40 000 000 (qirq million) so‘m bilan mukofotlanishi kafolatlanadi», — deyilgandi IIB xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: