O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Transport vazirligi yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchilarni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoyga avtobus qatnovlarini tashkil etishda hamkorlikka chaqirdi.

Foto: Transport vazirligi
Qayd etilishicha, xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida respublikaning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda:
Qozog‘istonga
- Buxoro—Turkiston;
- Urganch—Oqtov;
- Farg‘ona—Olmaota (Tojikiston orqali).
Tojikistonga
- Samarqand—Dushanbe;
- Buxoro—Dushanbe.
Qirg‘izistonga
- Andijon—O‘sh;
- Andijon—Jalolobod;
- Andijon—Arslanbob;
- Kosonsoy—Jalolobod;
- Buxoro—Bishkek.
Rossiyaga
- Surxondaryo—Buxoro—Urganch—Nukus—Moskva;
- Urganch—Nukus—Ufa;
- Nukus—Krasnodar;
- Toshkent—Ufa;
- Toshkent—Krasnodar.
Xitoy Xalq Respublikasiga
- Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi.
«Muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqa muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka o‘z takliflarini kiritishlari mumkinligi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

16:51 / 11.04.2025
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi

17:16 / 04.03.2025
Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi

18:00 / 27.01.2025
Singapurda ilk bor haydovchisiz boshqariladigan avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

21:47 / 18.10.2024