Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour musobaqasida 3-o‘rinni egalladi 

Sport 21:14 / 15.12.2023 31472

Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour 2023 musobaqasi final bosqichi o‘tkazilmoqda. 

Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming dollarni tashkil etuvchi turnirda dunyoning 8 nafar eng kuchli shaxmatchilari qatorida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi. 

19 yoshli sportchi musobaqa yarimfinaligacha yetib bordi va amerikalik Uesli So bilan bahslashib, armageddon partiyasida mag‘lub bo‘ldi. 

Shu tariqa Abdusattorov turnirni 3-o‘rinda yakunladi va 50 ming dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi. 

Turnir finali 16 dekabr kuni o‘tkaziladi. Unda norvegiyalik Magnus Karlsen va Uesli So bahslashadi.

Ko‘proq yangiliklar: