“Jadidlar demokratik jumhuriyat qurish istagida edi” - Mehmet Tutunji

Jamiyat 21:47 / 11.12.2023 14508

11-12 dekabr kunlari Toshkentda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tyapti. Unda AQSh, Yaponiya, Turkiya, Niderlandiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarboyjon va boshqa ko‘plab davlatlardan 50 nafardan ziyod tadqiqotchi va olimlar ishtirok etmoqda.

Ulardan biri – turkiyalik tarixchi Mehmet Tutunji. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda jadidlarning siyosiy qarashlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jadidlar eski xonliklar o‘rnida zamonaviy, demokratik bir jumhuriyat qurish istagida bo‘lishgan. Ular xalq ishtirok eta oladigan farovon bir demokratik davlatni orzu qilishgan va shu yo‘lda harakat qilishdi. Ammo 1918–1923 yillarda juda qisqa davr bo‘ldi, sovet repressiyasi takror keldi. Repressiyadan keyin Stalin ularni qatl etdi. Ular g‘oyalarini haqiqatga aylantira olishmadi”, – deydi Mehmet Tutunji.

Ko‘proq yangiliklar: