Bu o‘q-dorilar prezident Jo Bayden ma’muriyati mamlakat Kongressidan ma’qullashni so‘ragan yirik kelishuvning bir qismidir, deb yozdi Reuters Pentagonga tayanib.
Tank snaryadlaridan tashqari, harbiy yordam paketiga «yordamchi uskunalar» ham kiradi. Pentagon bayonotida aytilishicha, o‘q-dorilar savdosi AQSh mudofaa qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Agentlikning yozishicha, bundan ham yirik kelishuv Isroilga «Merkava» tanklari uchun 45 ming snaryad yuborishni o‘z ichiga oladi, mamlakat armiyasi HAMAS harakatiga qarshi hujumda ulardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Yordam miqdori 500 million dollardan oshadi. Reuters xabariga ko‘ra, so‘rov G‘azo sektorida Amerika qurollaridan foydalanish xavotirlari fonida berilgan.
Noyabr oyida Oq uy Ukraina va Isroilga 106 milliard dollarlik moliyaviy yordam jo‘natish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Ammo hozircha ushbu mablag‘ni berish bo‘yicha Senat bilan kelishuvga erishib bo‘lmayapti.