XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarga 2024 yilgi Olimpiadada neytral maqomda ishtirok etishga ruxsat berdi 

Sport 20:40 / 08.12.2023 29373

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik va belaruslik sportchilarga 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida neytral maqomda ishtirok etishiga ruxsat berdi. Ya’ni ular o‘z mamlakati nomi va bayrog‘i ostida ishtirok etolmaydi. Shuningdek ular sharafiga davlat madhiyasi ham yangramaydi. 

Ular faqat individual sport turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnasha oladi, Rossiya va Belarus jamoaviy bahslarda qatnashmaydi. 

Shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlagan va qurolli kuchlar bilan amaldagi shartnomasiga ega bo‘lgan sportchilar Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etolmaydi. 

Rossiya va Belarus amaldorlari va rasmiylari Olimpiadaga taklif qilinmaydi. 

The Insider avvalroq yozganidek, Rossiya olimpiya qo‘mitasi 2023 yil oktabr oyida Ukrainaning bosib olingan hududlaridan Olimpiya kengashlari kiritilgani sababli noma’lum muddatga harakatda ishtirok etishdan to‘xtatilgan edi. Shu bilan birga, mart oyida XOQ Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlamaydigan, balki neytral maqomda bo‘lgan rossiyalik va belaruslik sportchilarga musobaqaga kirishga ruxsat berishni tavsiya qilgan edi. Qaror 2024 yilgi Olimpiadaga taalluqli emas, tashkilot qarorni keyinroq e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Avgust oyida Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Rossiya va Belarus sportchilariga ruxsat berilsa, dunyoning 35 davlati Olimpiadani boykot qilishini aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: