Noyabr oyida yana 4 ta ISHONCH savdo do‘konlari yangi hududlarda o‘z faoliyatini boshladi

Jamiyat 17:02 / 05.12.2023 18104

ISHONCH brendi bu – bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida aholiga muddatli to‘lovga ko‘plab maishiy mahsulotlarni hamda keng turdagi elektronika buyumlarini muddatli to‘lovga taqdim etishni o‘ziga asosiy maqsad qilib olgan yirik kompaniyadir. So‘nggi bir necha yillar davomida kompaniya sazovor bo‘lgan “Yil brendi”, “O‘rta Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan tarmoq”, “2022 yilda hududlar qamrovi bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi nooziq-ovqat riteyli” va bir qator boshqa unvonlar brendning muvaffaqiyatli va birinchi navbatda mijozlar uchun qulayliklar yaratishga yo‘naltirilgan samarali faoliyatiga yaqqol misol bo‘la oladi.

2010 yilning mart oyida o‘z faoliyatini Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida kichkina do‘kondan boshlagan ISHONCH kompaniyasining hozirda 100 dan ortiq savdo do‘konlari mamlakatimizning barcha viloyatlarida, aksariyat chekka manzillarida xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda va assortimentida 7000 dan ziyod mahsulotlarni qulay shartlarda muddatli to‘lovga taqdim etmoqda. Joriy yilning noyabr oyi ham kompaniya uchun ochilishlarga boy keldi. Yangi savdo do‘konlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli tumanlarida, Andijon viloyatining Shahrixon tumani va Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida barcha uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Ochilish marosimlariga tashrif buyurgan mehmonlar kompaniya tomonidan har bir do‘konda mijozlar uchun yaratilgan barcha qulayliklar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ularga, shu jumladan, quyidagi afzalliklar kiradi:

·        xaridlar uchun kafolatlangan bonuslar berilishi;

·        bepul yetkazish va o‘rnatish xizmatlari;

·        xaridni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar;

·        12 oygacha muddatli bo‘lib to‘lash imkoniyati;

·        rasmiylashtirish uchun pasport kifoya (pensioner va rasmiy daromadga ega shaxslar uchun);

·        muntazam o‘tkazib kelinadigan aksiyalar, chegirmali takliflar.

Ayni paytda ham barcha ISHONCH do‘konlarida “Yangi yil tuhfasi” aksiyasi start olgan bo‘lib, ushbu aksiya ishtirokchilari 1 dekabrdan 31 dekabrgacha 2 million so‘m va undan yuqori xaridlar qilish natijasida aqsiya yakunida o‘ynaladigan tog‘ yonbag‘rida dam olish uchun 150 ta yo‘llanmadan birini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Bundan tashqari, amalga oshirilgan 2 mln so‘mdan yuqori muddatli to‘lov xarid uchun mijozlarga kafolatlangan sovg‘alar taqdim etiladi. Aksiya shartlari haqida batafsil ishonchsavdo.uz saytida tanishib chiqish imkoniyati mavjud.

ISHONCH respublika bo‘ylab o‘z faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda. Kelgusi oyda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida va Andijon viloyatining Andijon shahrida yangi savdo do‘konlari ochilishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma’lumot uchun:

+99873 515 22 22

t.me/ishonch_chatbot

www.ishonchsavdo.uz

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonch

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

 Reklama

Ko‘proq yangiliklar: