Windows 12 sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega bo‘ladi

Fan-texnika 20:45 / 02.12.2023 47287

Microsoft kompaniyasi 2024 yil iyun oyida Windows 12 operatsion tizimini chiqaradi. Bu haqda iXBT portali Commercial Times nashriga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Microsoft kompaniyasining navbatdagi operatsion tizimi sun’iy intellektga (SI) asoslangan funksiyalarni birlashtiradi.

Windows 12 tizimida sun’iy intellekt unumdorlik, xavfsizlik va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Operatsion tizim Ryzen 7000 va Intel Meteor Lake protsessorlarida ishlaganda SI apparat imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Ilgari Intel o‘zining yangi protsessorlari, jumladan, Windows 12 uchun protsessorlar ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan edi.

Microsoft kompaniyasining o‘zi hali SI keyingi operatsion tizimga qanday tatbiq etilishi haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmadi. Kompaniya Windows 11 va Windows 10 tizimining joriy versiyalarini yangilashni davom ettirib, ularga SI xususiyatlarini joriy qilmoqda.

Windows 12 tizimining 2024 yil iyun oyida chiqarilishini joriy versiya aynan iyun oyida taqdim etilgani bilan taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, ofis xodimlari, maktab o‘quvchilari va talabalar odatda iyun-iyul oylarida ishdan va o‘qishdan oldin qurilmalarini yangilab oladi.

Ko‘proq yangiliklar: