BOVARD pharm korxonasi O‘zbekistonda ekstrakt va bir qancha ingrediyentlardan tayyorlangan preparatlar ishlab chiqaradi

Jamiyat 18:53 / 30.11.2023 17589

26 noyabr kuni BOVARD pharm korxonasi o‘z preparatlari taqdimotini “Hilton kongress" hollida o‘tkazdi. BOVARD pharm preparatlari 2024 yilda iste’molga chiqarilishi kutilmoqda. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

BOVARD pharm Yevropaning nufuzli korxonalari bilan hamkorlikda salomatlik uchun zarur preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, yangi loyiha Shveytsariyaning DCM korxonasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Vositalar uchun ingrediyentlar butun dunyoning bir qancha rivojlangan davlatlari — Germaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Koreya Respublikasi va Xitoydan keltiriladi.

Korxona ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida 2 yildan buyon izlanishlar olib bormoqda va BOVARD pharm'ning mazkur 5 yo‘nalishdagi nevrologiya, urologiya, andrologiya, ginekologiya, repraduktologiya yo‘nalishlari bo‘yicha muammolarga duch kelgan bemorlar uchun BOVARD pharm'ning noyob 5 formulasi Nevrelmin, Errectpro, Libiprost, Aktosper, MPS Dynamic vitamin kompleks preparatlari bilan kerakli yechim bera oladi. BOVARD pharm preparatlariga ayni paytda Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari o‘z qiziqishini bildirib, shartnomalar imzolangan.

Shifokor Nigora Ismoilovaning ta’kidlashicha, preparatlarni sog‘lik bilan bog‘liq ko‘plab muammoli vaziyatlarda qo‘llash mumkin: “Salomatlik bilan bog‘liq bugungi dolzarb muammolardan biri – stress hisoblanadi. Buning oqibatida turli xastaliklar kelib chiqyapti. BOVARD pharm preparatlari ana shunday kasalliklarga qarshi chora sifatida yaxshi natijalar berganini kuzatib, amin bo‘ldim. Bu preparatlar faqat bugungi kun aholisi uchun emas, kelgusida ham salomatlik uchun kerakli sanaladi”, - deydi shifokor.

Korxona o‘z oldiga xastaliklarni dori-darmonsiz davolash, inson organizmining ichki kuchlari va resurslarini tiklashni maqsad qilib qo‘ygan. Ekstrakt va bir qancha ingrediyentlardan foydalangan holda so‘nggi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar amalga oshiradi. “BOVARD pharm preparatlari 2024 yilda O‘zbekiston aholisi iste’moli uchun taqdim etiladi va O‘rta Osiyo, Yevropa bilan shartnomalar tayyorlanmoqda” , - deydi BOVARD pharm asoschisi Babayev Kamoliddin Dadajonovich.

O‘zbekiston bo‘ylab va xalqaro hamkorlik uchun:

+998 55 900 03 03

Website: bovard.uz

Instagram: bovard.pharm

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: