OChL. «Nasaf» kambek ko‘rsatib guruh peshqadamiga aylandi, Benzema O‘zbekistondan g‘alaba bilan qaytdi

Sport 23:15 / 27.11.2023 35629

«Nasaf» o‘z maydonida Iordaniyaning «Al-Faysali» klubini qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Mehmonlar 1-bo‘limning oxirida hisobni ochib, tanaffusga g‘olib sifatida chiqib ketgan bo‘lishsa-da, 2-bo‘lim boshida Nurulloyevning uzatmasidan keyin Lima Kruz hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Oradan ko‘p o‘tmay, Qarshidagi stadion navbatdagi marta larzaga keldi. Zafarmurod Abdurahmatov kuchli zarbasi bilan kambekka sabab bo‘ldi – 2:1.

68-daqiqada esa zaxiradan tushganiga ko‘p bo‘lmagan Marko Stanoyevich jarima zarbasidan yo‘llagan goli bilan o‘yin taqdirini amalda hal qildi – 3:1.

84-daqiqada mehmonlar penaltidan foydalana olishmadi. Obidaning zarbasini Ne’matov qaytarib qoldi.

Ikkinchi o‘yinda esa «Sharja» o‘z uyida «As-Sadd»ga mag‘lubiyatga uchradi – 0:2. 

Shu tariqa, «Nasaf» 10 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. «Sharja» hisobida 8 ochko mavjud, «As-Sadd»da 7, «Al-Faysali»da 3 ochko bor. «Nasaf» so‘nggi 6-turda 4 dekabr kuni «As-Sadd» mehmoni bo‘ladi, «Al-Faysali» esa «Sharja»ni qabul qiladi.

OChL. 5-tur. 27 noyabr (dushanba)
«Nasaf» – «Al-Faysali» (Iordaniya) – 3:1 (0:1)

Bosh hakam: Kim He Gon (J.Koreya)
Gollar: Lima Kruz 47, Zafarmurod Abdurahmatov 50, Marko Stanoyevich 68 – Roziq Muhammad Banixani 45+6.
VAR: Kim Jong (J.Koreya)
Foydalanilmagan penalti: Obida, 84 (darvozabon)
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdurahmatov (21. Doniyor Narzullayev, 87), 9. Javohir Sidiqov (99. Azizbek Amonov, 46), 17. Suhrob Nurulloyev, 18. Bahrom Abdurahimov (88. Marko Stanoyevich, 67), 19. Lima Kruz (70. Jambuli Jigauri, 67), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov (34. Sherzod Nasrullayev, 46)
«Al-Faysali»: 1. Nuriddin Zayd, 5. Husam Ali Abduahab, 6. Obida Ahmad Ash-Shamri, 11. Orif Haitxam (70. Ahmad Abu Sharex, 81), 19. Anas Volid Bani-Yassin, 20. Roziq Muhammad Banixani, 22. Xolid Zakariya Eid, 23. Ehson Xaddod (7. Amin Farid Al-Shanaynex, 60), 30. Muhannad Xayr Alsuliman, 77. Muhammad Al-kloub, 91. Xotam Ar-Rushadi (14. Nizar Ar-Rashidon, 60).

Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasida OKMK o‘z maydonida «Al-Ittihod»ga qarshi saf tortdi.

Olmaliqdagi o‘yinda Karim Benzema, Fabino singari yulduzlarni ko‘rish uchun 10 ming tomoshabin sig‘imiga ega stadion joriy mavsum ilk marta muxlislar bilan liq to‘ldi. O‘yinda mehmonlar forvardi Hamidullaning dubli Saudiya klubiga muhim g‘alabani keltirdi. O‘yin yakunida Boakening goli hisobni qisqartirdi, xolos – 1:2.

Shu tariqa, «Al-Ittihod» 12 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. OKMK hisobida ochko yo‘q. «Sipohon» (7) va «Eyr Fors» (7) jamoalari bugun o‘zaro maydonga tushadi. «Al-Ittihod» so‘nggi turda «Sipohon» klubini o‘z maydonida qabul qiladi. OKMK Iroqqa safar qiladi.

OChL. S guruhi. 5-tur
OKMK – «Al-Ittihod» - 1:2 (0:2)

Gollar: Martin Boake 78 – Hamidulla 30, 34.
OKMK: 25.Valijon Rahimov, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 3.Sardor Rahmonov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 2.Akramjon Komilov, 15.Oybek Rustamov (18.Baxtiyorjon Qosimov 27, 19.Muhammadanas Hasanov, 80), 4.Mirjamol Qosimov (24.Murod Ermatov, 79), 88.Siyovush Haqnazariy (14.Mirjahon Mirahmadov, 80), 17.Sanjar Tursunov, 27.Martin Boake, 10.Xurshid G‘iyosov.
«Al-Ittihod»: 1.Al-Mayuf, 5.Luis Felipe, 15.Hassan Kadesh, 28.Ahmad Bamasud, 13.Ash-Shankti, 16.Al-G‘amdiy, 8.Fabino, 77.Saloh Al-Amri (24.Abdulrahmon Alobud, 74), 11.Jota (25.Suvaylem, 86), 99.Hamidulla, 9.Karim Benzema.

Ko‘proq yangiliklar: