Bolalarning yuziga bir necha bor tarsaki tushirgan bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
Internetda videosi tarqalgan voqea Xorazmda ro‘y bergan. Holat yuzasidan, shuningdek, bolaning qo‘liga igna tiqish harakatini aniqlash bo‘yicha Gurlan tumani IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi tomonidan bola kaltaklanib, qo‘liga igna tiqilgani to‘g‘risida video tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Aniqlanishicha, videodagi holat 2023 yilning noyabr oyida Gurlan tumani, 23-sonli bog‘chada sodir etilgan bo‘lib, ushbu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlovchi F.S. bog‘cha tarbiyalanuvchilari M.X., T.Sh. (2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar)ning go‘yoki bir-biri bilan urishgani vaji bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan va bolalar yuziga bir necha bor tarsaki tushirgan. Bu holat videotasvirga tushgan.
Mazkur holatni, shuningdek, bolaning qo‘liga igna tiqish harakatini aniqlash yuzasidan hozirda voqea yuzasidan Gurlan tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.
Mavzuga oid

15:47 / 04.03.2025
Toshkent viloyatidagi bog‘cha xodimi bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan urdi

10:12 / 27.02.2025
“Tanzilandiya” nomli xususiy bog‘chada bolalar muntazam kaltaklangani aytilmoqda

14:32 / 25.01.2025
Sergelidagi bog‘chada tarbiyachining qo‘pol munosabati oqibatida bolaning oyog‘i sindi

19:42 / 29.10.2024