Asialuxe Travel milliy turoperatori Pxuket oroliga 9 mln so‘mdan boshlanadigan hamyonbop turlarni taklif qilmoqda

Jamiyat 15:05 / 27.11.2023 18037

Tailand yuragi bo‘lgan Pxuket orolida Andaman dengizining moviy suvi oppoq qumli plyajlarni erkalaydi, quyosh esa ushbu kurortni ommabop qilgan holda, butun yil davomida porlab turadi. Pxuket istalgan didga mos keladigan turli plyajlarni taklif qiladi: manzarali va sokin buxtalardan boshlab, mahalliy bozorlar va o‘yin-kulgi bilan jonlangan plyajlargacha.

Yaqinda Asialuxe Travel kompaniyasi Pxuketga turlar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maqolada kompaniya Tailandning ekzotik jannatida dam olish haqidagi asosiy savollarga javob beradi: qachon va qanday qilib uchib ketish, viza masalasi, qaysi mehmonxonalarni tanlash va orolda nima bilan shug‘ullanish.

Pxuketga birinchi reys 1 dekabrda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvoz vaqti 6 soatdan ozgina ko‘proq. Parvoz dasturi fevral oyining oxirigacha mo‘ljallangan – haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari Oʼzbekiston havo yoʼllari kompaniyasining qulay avialaynerlarida.

Orolga qachon tashrif buyurgan yaxshiroq

Bu yerdagi ob-havo – har qanday sayohatchining orzusidir. Quyosh butun yil davomida porlab turadi, iliq tropik iqlim esa dam olishni yilning istalgan vaqtida yoqimli qiladi.

Plyajdagi tashvishsiz kunlar, shaffof suvda suzish va chiroyli quyosh botishlari unutilmas taassurotlar qoldiradigan sehrli muhitni yaratadi. Shunchaki dam olishingizni rejalashtiring va uchib keting, ob-havo ishonchingizni oqlaydi.

Orolga sayohat qilish uchun viza kerakmi va qanday hujjatlar talab qilinadi?

O‘zbekiston fuqarolari turistik vizani uchib kelganda 15 kunga olishlari mumkin.

Sayohat uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

 

  • pasport (rejalashtirilgan safar sanasidan boshlab amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi kerak);
  • 4x6 sm o‘lchamdagi bir dona rasm (viza rasmiylashtiriladigan vaqtgacha 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida olingan bo‘lishi kerak);
  • qaytish chiptasining nusxasi (immigratsion xizmatlar mamlakatdan uchib ketish sanasini tekshirishadi, chipta nusxasini uchishdan oldin aeroportda yoki oldindan tayyorlab qo‘yish mumkin);
  • mehmonxonada yashash uchun vaucher;
  • viza anketasi;
  • bir kishi uchun 2200 bat (taxminan 65 USD) miqdorida viza boji, to‘lov batda amalga oshiriladi.

Mehmonxona yoki gestxauslar

Pxuketdagi mehmonxonalar joylashuvning keng tanlovini taklif qiladi: chiroyli manzaraga ega hashamatli kurortlardan boshlab, hamyonbop dam olishga to‘g‘ri keladigan shinam gestxauslargacha.

Ajoyib spa-markazlar, mahalliy taomlar va an’anaviy taycha massaj dam olishingizni yanada yoqimli qiladi. Tanlash sizdan: sokin va tinch dam olishni xohlaydiganlar ovqatlanish va barcha sharoitlarga ega rezort-mehmonxonalarni tanlashadi. Orol bilan yaqindan tanishishni va uni zabt etishni istaydiganlar nonushtalar bazasidagi gestxaus va mehmonxonalarni ma’qul ko‘rishadi.

Pxuketda «halol» konsepsiyasida dam olish mumkinmi?

Orolda muslim-mehmonxona talablariga to‘liq javob beradigan mehmonxona yo‘q. Lekin mehmonlarga alkogolsiz restoran va xonalar, halol go‘shtdan taomlar va to‘liq halol ovqatlanish, sodda cho‘milish kiyimiga ruxsat berilgan, sokin va yopiq zonalari mavjud bo‘lgan halal-friendly mehmonxonalar taklif qilinadi.

Shunday mehmonxonalarning ayrimlari:

  • The Pavilions Phuket;
  • Sri Panwa Phuket;
  • The Andaman Beach Hotel Phuket Patong.

Sayyohlar qanday ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni tanlashadi?

Sarguzashtlar va faol dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun haqiqiy jannat – aynan Pxuketda.

Filda yurish, suv osti dunyosi bilan tanishish, Khao Sok bog‘ida sayr qilish, shoping, butun dunyoga mashhur taycha massaj, Phi Phi, James Bond va boshqa orollarning noyob joylariga tashrif buyurish – bu yerda sizni kutayotgan narsalarning kichik bir qismi.

Narxlar qancha?

Milliy turoperator narxiga barcha xarajatlar kiritilgan tayyor turistik to‘plamlarni tanlashni taklif qiladi.

  • BEL AIRE PATONG RESORT 3* 9 mln so‘mdan boshlab
  • SUN SHINE PATONG 3* 9,5 mln so‘mdan boshlab
  • 77 PATONG HOTEL & SPA 3* 9,7 mln so‘mdan boshlab
  • OAKWOOD HOTEL JOURNEYHUB PHUKET 4* 9,8 mln so‘mdan boshlab
  • SUNSET BEACH RESORT 4* 10,2 mln so‘mdan boshlab
  • ANDAMANTRA RESORT & VILLA PHUKET 4* 11,1 mln so‘mdan boshlab
  • CROWNE PLAZA PHUKET PANWA BEACH 5* 12,2 mln so‘mdan boshlab
  • ISLAND ESCAPE BY BURASARI 5* 13,5 mln so‘mdan boshlab
  • PULLMAN PHUKET PANWA BEACH RESORT 5* 14,7 mln so‘mdan boshlab
  • STAY WELLBEING & LIFESTYLE RESORT 5* 15,5 mln so‘mdan boshlab

Narxga Uzairways bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz, aeroport-mehmonxona-aeroport bo‘yicha transfer, mehmonxonada yashash, mehmonxona konsepsiyasi bo‘yicha ovqatlanish va tibbiy sug‘urta kiradi.

*Narxlar DBL joylashuv sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun ko‘rsatilgan va e’lon qo‘yilgan vaqtda aktual hisoblanadi.

Pxuket barchani taklif qiladi: plyajda sokin dam olishni xush ko‘ruvchilardan boshlab, vaqtni faol o‘tkazish ishqibozlarigacha.

Oilalar bu yerda bolalar uchun qiziqarli mashg‘ulotlarni topishadi, juftliklar romantik xotiralarni yaratishadi, suvdagi sarguzashtlarni yaxshi ko‘radiganlar esa dayving, snorkeling va syorfing uchun mavjud imkoniyatlardan xursand bo‘lishadi.

Bog‘lanish:

(+998) 71 211-22-22

(+998) 71 201-77-77

Sayt: asialuxe.uz

Facebook: asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Telegram: https://t.me/Asialuxe

Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: