Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Time 2023 yilning eng ta’sirli suratlarini e’lon qildi (fotojamlanma)
Chalkash dunyoga ravshanlik olib kirayotgan fotojurnalistlarning zimmasidagi axloqiylik va yuqori darajada halollik mas’uliyati hozir har qachongidan ham kattaroq, deydi Time jurnali muharriri. Kun.uz jurnal tomonidan e’lon qilingan 2023 yilning eng ta’sirli suratlari top-100 taligidan ayrimlarini izohlari bilan taqdim qiladi.
“Biz qayg‘u va mojaroga to‘la, balki insoniyat yutuqlari va hayajonli lahzalarini qayd etgan yana bir yil oxiriga yaqinlashar ekanmiz, fotograflar dunyoni ko‘rishning yangi usullarini taklif qilish orqali bizni hayratda qoldirishda davom etmoqda”.
Time jurnali 2023 yilning eng ta’sirli yuzta surati haqidagi maqolasini shu so‘zlar bilan boshlagan.
Nashrga ko‘ra, 2023 yilda deyarli barcha sohaga kirib borayotgan sun’iy intellekt – fotojurnalistika har qachongidan ham muhimroq bo‘lib qolganini tasdiqlamoqda. Real vaqtda butun dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga guvohlik berishga bag‘ishlangan foto-hikoyalar – chalkash dunyoni ravshanlik bilan ta’minlashda juda muhim.
Shunday ekan, fotojurnalistlarning zimmasidagi axloqiylik va eng yuqori darajadagi jurnalistik halollik bilan harakat qilish mas’uliyati, hozir, ehtimol, har qachongidan ham kattaroqdir, deya qayd etgan Time jurnali.
Quyida yilning eng ta’sirli suratlaridan ayrimlari keltirib o‘tiladi.
18 avgust kuni Britaniya Kolumbiyasining G‘arbiy Kelouna shahridagi uylar ustidagi tog‘ yonbag‘irini o‘rmon yong‘inlari o‘rab oldi.
Darril Deyk – APQutqaruvchilar 6 fevral kuni Turkiyaning Diyarbakir shahrida sodir bo‘lgan zilziladan keyin qulagan bino ostidan yosh qizchani qutqarishmoqda.
Sertac Kayar — ReutersAQSh-Meksika chegarasidagi Rio-Grande daryosining tor joyidan “o‘tayotgan” bolakay.
Go Nakamura — The New York Times / ReduxLuiziana shtatidagi yong‘inlar oqibatida yuzaga kelgan quyuq tuman tufayli 158 ta mashina to‘qnashdi. Oktyabr oyidagi fojiada 7 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi.
Jyerald Gerbert — APPolsha janubidagi Yangi Targ shahrida qo‘ylar suruvini olib ketayotgan cho‘ponlar.
Matsek Nabrdalik — The New York Times / ReduxLahorda politsiya Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon tarafdorlarini tarqatib yuborish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatmoqda.
Raxat Dar — EPA-EFE / ShutterstockUkrainalik harbiy shifokorlar Baxmutdagi harbiy dala-hospitalida jarohatlangan askarni davolamoqda.
Yevgeniy Maloletka — AP“Vagner” yetakchisi Yevgeniy Prigojinning dafn marosimida qabriston atrofini o‘rab olgan politsiya xodimlari. 29 avgust, Sankt-Peterburg.
Nanna Xaytmann — The New York Times / ReduxIsroil aviazarbalari natijasida halok bo‘lgan 5 yoshli jiyani Salining tanasini quchoqlab turgan falastinlik ayol – Inas Abu Muammar. 17 oktyabr, Xan-Yunis, G‘azo sektorining janubi.
Muhammad Salim — ReutersJanubiy Amerikadagi eng faol vulqonlardan biri – Vilyarrika vulqoni. 27 sentabr, Chili.
Sebastyan Eskobar — AFP/Getty ImagesBuyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III'ning toj kiydirish marosimida qatnashayotgan qirollik oilasi vakillari. 6 may, London.
Yui Mok — WPA Pool / Getty ImagesAQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Senat qo‘mitasidagi nutqi “Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtating!», “G‘azo bolalarini qutqaring!», “G‘azoni ozod qiling!» va boshqa hayqiriqlar bilan to‘xtatib qo‘yildi. Vashington, 31 oktyabr.
Kevin Lamark — ReutersRus bosqinchilari bilan eng og‘ir janglar olib borilgan Bahmut shahrining yuqoridan ko‘rinishi. 22 iyun, Ukraina.
Libkos — APG‘azo yaqinidagi Beeri xo‘jaligining (kibuts) vayron bo‘lgan holati, 11 oktyabr.
Ilya Yefimovich — Photo Alliance / Getty ImagesPensiya islohotlariga qarshi axlat tashuvchilarning ish tashlashidan 9 kun o‘tib, Parij ko‘chalarida to‘planib qolgan axlatlar. 14 mart, Fransiya.
Mari Magnin — Hans Lucas / ReduxQorabog‘dan armanlarni olib chiqib ketayotgan yuk mashinasi, 25 sentabr.
Nanna Xaytmann — The New York Times / ReduxIsroil tomonidan Al-Nusayrat qochqinlar lageriga berilgan zarba oqibatida o‘z uyining tomi ostida qolib ketgan yosh qiz. 31 oktyabr.
Motaz AzaizaHavayidagi o‘rmon yong‘inlari natijasida yonib ketgan uyi o‘rnida o‘tirgan Sara Salmoneze. 11-avgust.
Go Nakamura — The New York Times / ReduxAQSh-Meksika chegarasidagi Rio-Grande daryosini kechib o‘tayotgan immigrantlar. 27 sentabr, Igl-Pass, Texas.
Jon Mur — Getty ImagesOchiq osmon ostida afg‘on o‘quvchilariga dars o‘tayotgan o‘qituvchi. 27 mart, Badaxshon.
Umar Abrar — AFP/Getty ImagesNyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigi bo‘ylab harakatlanayotgan namoyishchilar G‘azo sektorida otishma to‘xtatilishini talab qilmoqda. 28 oktyabr.
Andres Kudaski — APXarkov oblastidagi yashash uyiga kelib tushgan raketa portlashidan qochayotgan ukrainalik oila. 4 iyul.
Aleksandr Magula — APNigeriyada bo‘lib o‘tgan umummilliy va prezidentlik saylovlaridan keyin telefonda gaplashayotgan Mustaqil milliy saylov komissiyasi vakili. 26 fevral.
Patrik Meynxardt — AFP / Getty Images2 iyun kuni Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 dan ortiq yo‘lovchi jarohatlandi. Bu Hindiston tarixida so‘nggi 20 yillikdagi eng yirik poyezdlar halokati bo‘ldi.
Arabinda Maxaratra — APAQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 29 iyul kuni Pensilvaniya shtatidagi tadbirda qatnashish uchun sahnaga chiqib kelmoqda. Uning keyingi saylovdagi g‘alabasi keskin geosiyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Meddi MakGarvi — The New York Times / ReduxBarselonadagi temiryo‘l vokzaliga kirmoqchi bo‘lgan Falastin tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilar bilan politsiya to‘qnashuvi. 11 noyabr, Ispaniya.
Emilio Morenatti — APG‘azoda Isroil aviazarbalari oqibatida yuzaga kelgan tutun ustidan yashin chaqmoqda.
Muhammad Abed — AFP/Getty Images