Konchilarning mo‘’jaz shaharchasi – Yangiobodda bahor

Jamiyat 14:00 / 08.04.2023 19761

Yangiobod – o‘tgan asrda qurilgan va o‘sha davr arxitekturasini saqlab qolgan mo‘’jaz tog‘ shaharchasi. Bir paytlar konchilar istiqomat qilishi uchun qurilgan bu manzil Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan.

Yangiobod shaharchasiga yetib olish uchun poytaxtdan taxminan 2 soat yo‘l yuriladi. Bir asrlik shaharcha, ayniqsa, bahor faslida juda chiroyli ko‘rinish oladi. Eski tosh uylar, tog‘ning shunday bag‘ridagi binolar yashillik ichida qoladi. Manzara chiroyli bo‘lsa ham, bu yerga dam oluvchilar ko‘p kelmaydi. Shuning uchunmi, shaharchada chiqindilarni deyarli uchratmaysiz, atrof toza.

Bu yerda ilgari “Chilten” uran koni bo‘lgan va shu sababli shaharchada ko‘plab konchilar yashagan. Konning debeti (samaradorligi) pasayib borishi bilan 1985 yillarda uni yopish ishlari boshlangan, 90 yillargacha rekultivatsiya ishlari yakunlanib, kon butkul yopilgan.

Tog‘ yonbag‘ridagi yo‘llarda turistlar, mehmonlardan ko‘ra ko‘proq sportchilarni uchratish mumkin, ular bu yerga mashg‘ulot olib borish uchun kelishadi. Shaharchada istiqomat qiluvchi yoshlar ham kam, keksalar ko‘proq.

Agar bahorda tabiat qo‘ynida dam olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, biroq hali manzil tanlamagan bo‘lsangiz, Yangiobod shaharchasi – yaxshi variant. Faqat shaharchaga dam olishga borsangiz, chiqindi tashlamaslikka harakat qiling.

nurphoto-41.jpg (1280×853)

Suratlar muallifi: Nuriddin Nursaidov

Ko‘proq yangiliklar: