“Korzinka” Hindistondan muzlatilgan halol go‘sht yetkazib berishni boshladi

Jamiyat 17:53 / 23.11.2023 31941

Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik supermarketlar tarmog‘i, muzlatilgan go‘sht importi bo‘yicha ochiq shartnoma tuzdi.

Dastlabki import oktyabr oyi yakunidan amalga oshirilishni boshladi. Ushbu mahsulotlar “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining barcha filiallarida mavjud.

Kamil” – halol go‘sht hisoblanadi

Supermarketlar tarmog‘i doim assortimentini kengaytirish hamda arzon va qulay narxlarni mijozlari uchun taqdim etish yo‘llarini izlab topishga intiladi.

Shu maqsadda kompaniya O‘zbekiston hududiga go‘shtini import qilish masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Bunda mahsulotlari barcha sifat talablariga mos ishlab chiqaruvchini topish muhim sanaladi. Tanlov “Halol” sertifikatiga ega “Kamil” brendi foydasiga amalga oshirildi.

Yangi yetkazib beruvchi kompaniya bilan hamkorlik “Korzinka” uchun assortimentini kengaytirish va go‘shtga bo‘lgan talabni sifatli va unumli narxda qondirish imkoniyatini yaratadi.

Hindiston – dunyodagi eng yirik go‘sht yetkazib beruvchilardan 

Ichki bozordagi past talabga ko‘ra, 2000 yillardan buyon Hindiston tez muddatda go‘sht eksportini boshqa davlatlarga amalga oshiradi.

Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, Hindiston dunyodagi eng ko‘p qoramol soniga ega mamlakat hisoblanadi.

Ushbu omillar, shuningdek, mahsulotning yuqori sifati, Hindistonga dunyo bo‘yicha go‘sht yetkazib berish hajmining 20%ini egallash imkonini bergan.

Asosiy mijozlaridan deb nafaqat AQSh va Yevropa davlatlari, balki BAA, Misr va Malayziyani ham ta’kidlashimiz mumkin.

Muzlatilgan go‘shtning afzalliklari

Mol go‘shti O‘zbekistonga muzlatilgan tarzda yetkaziladi va “Korzinka”ning muzlatkichlarida saqlanadi.

Kamil” go‘shtlarini shok usulida muzlatish texnologiyasi tufayli uni eritish jarayonida go‘sht o‘z foydali xususiyatlaridan ajralmaydi, ta’mi va sofligini saqlab qoladi. Shuningdek, mikrobiologik ko‘rsatkichlarini barqaror saqlaydi hamda mutlaqo xavfsiz hisoblanib, massasini yo‘qotmaydi.

Muzlatilgan go‘shtning yana bir afzalliklaridan biri – uni 1 yilgacha saqlash imkoni mavjudligidir.

Shu sababdan, endi nafaqat unumli narxdagi sovitilgan, balki muzlatilgan go‘sht mahsulotlarini ham xarid qilishingiz mumkin.

“Biz “Korzinka”da yurtimiz aholisi uchun kundalik xarid tovarlarini sotib olishda iloji boricha ko‘proq tanlov imkoniyatini taqdim etishga intilamiz.

Shu maqsadda assortimentimizni mijozlarimiz talablaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda yangilaymiz va yetkazib beruvchilar geografiyasini ham kengaytirib bormoqdamiz.

O‘zbekistonliklar uchun mavjud bo‘lgan “Kamil” go‘shti mijozlarimiz uchun qilayotgan harakatlarimiz mevasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Hamkorlik o‘rnatishdan avval bizning talablarimiz — Halal, ISO va HACCP standartlariga javob berish darajasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, amin bo‘lish maqsadida shaxsan borib, Hindistonda ishlab chiqarish jarayoni va salohiyati bilan yaqindan tanishdik.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qat’iy nazorat va yetkazib beruvchilarni sinchkovlik bilan tanlash “Korzinka”ning odatdagidan yaxshiroq bo‘lishiga yordam beradi”, — deya izoh berdi Tijoriy departament direktori Sherzod Mahmudov.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Telegram: t.me/korzinkauzb

Instagram: instagram.com/korzinkauz

Facebook: fb.com/korzinkauz

Kompaniya sayti: korzinka.uz

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: