Polsha prezidenti Netanyahu Osvensimdagi tadbirga tashrif buyursa, uni hibsga olmaslikni so‘radi

Jahon 17:26 / 09.01.2025 2046

Polsha prezidenti Anjyey Duda hukumatdan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning mamlakatga tashrifiga to‘sqinlik qilmaslikni so‘radi. Bu haqda Dudaning Polsha bosh vaziri Donald Tuskka yo‘llagan maktubiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Dudaning maktubi Netanyahu Osvensim konslageri ozod etilganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirga tashrif buyurishi mumkinligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga Xalqaro jinoiy sud tomonidan Netanyahuning hibsga olinishiga order berilgan.

Sobiq konslager hududida tadbir 27 yanvar kuni o‘tkaziladi. Netanyahuning matbuot kotibiga ko‘ra, Isroil bosh vaziri unda ishtirok etish taklifini olmagan.

Bloombergʼning qayd etishicha, Polsha prezidentining iltimosi hukumatni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin, chunki Varshava Xalqaro jinoiy sud qarorini bajarishga majbur. Dudaga yo‘llagan maktubida u hukumatdan Netanyahu kelganida hibsga olinmaydigan, Polsha esa xalqaro huquqni hurmat qiladigan «adekvat formulani» ishlab chiqishni so‘ragan.

2024 yil noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud Binyamin Netanyahu va Isroilning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order bergandi. Sud Netanyahu va Galantni harbiy 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 mayga qadar G‘azo sektorida amalga oshirilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: