20 noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»ga bag‘ishlab universitet faoliyatining ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag‘ishlangan «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, universitet faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari, OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda universiteti rektori Gulchexra Rixsiyeva, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Qudratilla Omonov hamda korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Alisher Nazarov ma’ruza bilan qatnashdi.