Toshkentda avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan fuqaroni urib yubordi

Jamiyat 12:03 / 21.11.2023 19288

20 noyabr kuni Toshkent shahrida 82-sonli avtobus va fuqaro ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, soat 17:37 larda «8-avtobus saroyi» filialiga qarashli 82-sonli Yutong CNG avtobusi yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaroni urib yuborgan. 

Holat avtobus Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasidan harakatlanib kelib Qorasaroy ko‘chasiga qayrilib olish vaqtida sodir bo‘lgan.

47 yoshli erkak avtobusning o‘ng tomon o‘rta yon qismiga urilgan, unga tan jarohati olgani sababli tez tibbiy yordam chaqirilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yo‘l-transport hodisasi poytaxt YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: