IIV Probatsiya xizmatiga yangi rahbar tayinlandi
Polkovnik Sharof Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Foto: IIV
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bermoqda.
Polkovnik Sharof Urazaliyevich Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Sharof Uralov bunga qadar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.
U voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Bunyod Rajabov Urganch hokimi bo‘lgandi.
Mavzuga oid

16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi

17:27 / 07.08.2024
Probatsiya nazoratidagi shaxsga elektron braslet qo‘llanadi

08:29 / 25.11.2022
O‘zbekistonda probatsiya xizmati elektromobillar bilan ta’minlanadi

19:54 / 12.01.2022