O‘zbekistonda probatsiya xizmati elektromobillar bilan ta’minlanadi

O‘zbekiston 08:29 / 25.11.2022 5269

Unga ko‘ra, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va probatsiya faoliyatini uyg‘unlashtirish mo‘ljallangan. 

Bunda, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali probatsiya xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish rejalashtirilmoqda:

  • probatsiya tizimi bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Probatsiya xizmati, Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, Jamoat xavfsizligi universiteti ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining qo‘shma ishchi guruhini AQSh, Angliya, Vengriya, Gruziya, Latviya, Yaponiya davlatlariga ishchi tashriflarini amalga oshirish masalasini ishlab chiqish;
  • probatsiya xizmati boshlig‘iga Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, hududiy probatsiya bo‘limlariga “boshqarma” maqomini berish, tuman-shahar probatsiya bo‘linmalarini “probatsiya ofisi”ga o‘zgartirish orqali ushbu xizmat nufuzini oshirish;
  • probatsiya xizmati shtatlarini malakali kadrlar bilan jamlashda ushbu xizmat boshliqlari mas’uliyati va vakolatini oshirish;
  • tezkor-qidiruv xizmati ijobiy tajribasini inobatga olgan holda, probatsiya xizmati xodimlariga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibini joriy qilish;
  • yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijobiy tajribasini inobatga olgan holda, Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni qayta ishlab chiqish;
  • Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi ijobiy tajribasi va probatsiya tizimi o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, probatsiya xizmatiga mutaxassislarni, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ishga jalb qilish metodikasini tasdiqlash, probatsiya xizmati faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (Key Performance Indicators) bo‘yicha baholash tartibini joriy etish;
  • probatsiya faoliyati bo‘yicha o‘quv reja, o‘quv dasturi, darclik, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish, probatsiya faoliyati kafedrasini tashkil etish orqali IIV Akademiyasida “Probatsiya faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yurist-psixologlar tayyorlash tizimini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish;
  • IIV Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi ta’lim mutaxassisliklari ro‘yxatiga “Probatsiya faoliyati”ni kiritish orqali probatsiya xizmati kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • oliy ta’lim tashkilotlarida psixologiya ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar (magistrlar) probatsiya xizmatida amaliyot o‘tashi metodikasini, barcha hududlarda va yil davomida grafik asosida amaliyot o‘tkazilishini nazarda tutgan holda tasdiqlash;
  • ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, probatsiya xizmati xodimlari xizmat kiyimi namunasini ishlab chiqish;
  • probatsiya xizmatini elektromobil xizmat mashinasi bilan ta’minlash me’yorini ishlab chiqish va ushbu xizmat mashinasi bilan zarur miqdorda ta’minlash;
  • uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi hamda ishni sudga qadar yuritish va sud jarayonidagi probatsiya institutlarini uyg‘unlashtirish;
  • jazoni ijro etish muassasalari mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ijtimoiy moslashtirishga mas’ul bo‘linmalari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, ularni probatsiya xizmati faoliyati bilan uyg‘unlashtirish.
Ko‘proq yangiliklar: