50 marta kamera va radarlarga tushgan qoidabuzar jarima bayonnomalarini kolleksiya qilmoqda

O‘zbekiston 16:32 / 20.11.2023 11899

Unda ushbu haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarima bayonnomalarini kolleksiya qilayotganini bildirgan. "Kolleksiya yig‘ishni yoqtiraman", deydi u.

Yosh haydovchi 70 foiz qoidabuzarlikni tezlikni oshirgani, 20 foizini qizil chiroqdan o‘tib ketgani, qolgan jarimalar himoya kamarini taqmagani hamda mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtagani uchun qo‘llangan.

"Mashinani olgan kunimning o‘zida 3 ta radarga tushganman. Keyin har kuni sekin-sekin jarimalar kelishni boshlagan. Xat kelarkan, chiroyli konvertda, rasmlari bor, keyin kolleksiya yig‘ishga o‘tdim, to‘plab mashinamda olib yuraman. Har ko‘rganimda o‘zimga motivatsiya bo‘ladi", deydi haydovchi.

Lavhada aytilishicha, u salkam 40 million so‘mlik jarimalarga tortilgan. To‘lagan eng katta jarimasi miqdori — 2 mln 970 ming so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: