Estoniya va Rossiya o‘rtasidagi ko‘prikda beton bloklar paydo bo‘ldi

Jahon 14:39 / 18.11.2023 8008

Estoniya Narva va Rossiyaning Ivangorod hududi o‘rtasidagi ko‘prikka «ajdar tishlari» deb nomlanuvchi tankka qarshi beton bloklarini olib keldi. Bu haqda 17 noyabr, juma kuni Estoniyaning Postimees nashri xabar berdi. Shu bilan birga, «Chegara Narva - Ivangorod» Facebook-hamjamiyatida tunda beton konstruksiyalari bo‘lgan yuk mashinasi surati paydo bo‘lgan, uning a’zolari ko‘prik yopilmagani, avtomobillar va piyodalar harakati ikki yo‘nalishda davom etayotgani haqida yozdi.

Estoniya hukumati buni «agar Estoniya qo‘shnilaridan o‘rnak olib, noqonuniy muhojirlar oqimini ushlab turish uchun Rossiyadan mamlakatga kirishni cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, o‘rnatiladi», - deya tushuntirdi Narva chegara punkti boshlig‘i Marek Liyva Postimees nashriga bergan intervyusida. Tallin Ivangorod chegara punkti 1 fevraldan ta’mirlash uchun yopilishini kutmoqda, shuning uchun olib kelingan konstruksiyalar yopilish vaqtida ko‘prikda transport vositalari harakatini cheklaydi, deya qo‘shimcha qildi Liyva. 

Finlandiya va Norvegiyaning Rossiya bilan chegaradagi nazorat punktlari bo‘yicha pozitsiyasi 

Finlandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi 9 ta nazorat-o‘tkazish punktlaridan 4 tasini - Imatra, Niirala, Nuyyamaa va Vaalimaani 2024 yil 18 noyabrdan 18 fevralga qadar yopish niyatida. Helsinki bu qadamini xavfsizlik muammolari bilan izohladi hamda Moskva Yaqin Sharq va Afrikadan noqonuniy muhojirlarni u yerga olib o‘tish orqali qo‘shni davlatdagi ichki vaziyatga putur yetkazmoqchi, deb hisoblaydi. 

Ayni paytda, Norvegiyada Adliya va jamoat xavfsizligi vaziri Emili Enger Mel, agar kerak bo‘lsa, Oslo «Sturskug» chegara punktini yopishi mumkinligini aytdi. Bu - Norvegiya-Rossiya chegarasidagi yagona nazorat punkti. 

Ko‘proq yangiliklar: