Rustam Ashurmatov: «Hozir Eronning hujum chizig‘idan qo‘rqadigan holatda emasmiz»

Sport 23:26 / 14.11.2023 17793

- Milliy jamoamiz kecha yig‘inga kirishgan, men esa bugun tarkibga qo‘shildim. Jamoada tayyorgarlik yaxshi deb o‘ylayman. Rasmiy o‘yinlarda natija muhim bo‘ladi, shu bois yaxshi hozirlik ko‘rish kerak. 

- Turkmanistondagi o‘yinda sun’iy qoplamali maydon qanchalik qiyinchilik tug‘diradi?

- Rostini aytsam, oxirgi marta yoshligimda akademiyaning sun’iy qoplamali maydonida o‘ynagandim. Buning o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Maydon qattiq bo‘ladi, to‘pni sakrashi ham boshqacha bo‘ladi. Moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ertaga rasmiy mashg‘ulotni sun’iy qoplamada o‘tkazamiz, bu ham tayyorgarligimizga yordam beradi. InshaAlloh, sun’iy qoplama bizga xalaqit bermaydi. 

- Eron ancha kuchli raqib. Aytingchi, Mehdi Toremiy, Sardor Ozmun singari hujumchilarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini tahlil qilib, o‘rganyapsizlarmi?

- To‘g‘risini aytsam, hozir Eronning hujum chizig‘idan qo‘rqadigan holatda emasmiz. Himoyamizga e’tibor bersak, Husniddin Aliqulov Turkiyada, men Rossiyada, Abduqodir Husanov Fransiyada o‘ynayapti. Shunday ekan, tajribali hujumchilar bilan ko‘p duch kelganmiz. Bu bizga muammo emas, - deydi Rustam Ashurmatov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasida 16 noyabr kuni Turkmanistonga qarshi Ashxobodda maydonga tushsa, 21 noyabrda Toshkentda Eronni qabul qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: