Manba: Rustam Ashurmatov Rossiya klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi

Sport 08:21 / 02.11.2022 18645

26 yoshli futbolchi Qozon klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan va qishda jamoaga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

2022 yilgi mavsumda Ashurmatov «Navbahor» safida 28ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Himoyachi faoliyati davomida «Kvanju», «Kangvon» va «Bunyodkor» klublarida ham harakat qilgan.

«Rubin» 2022/23 yilgi mavsumni Rossiya Birinchi ligasida o‘tkazmoqda. 16ta turdan keyin Leonid Slutskiy boshchiligidagi jamoa 27 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Rubin» avvalroq o‘zbekistonlik yana bir futbolchi — «Bunyodkor» yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyevni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: