Laziz To‘ychiyev prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimini tark etdi
U 2020 yil noyabridan shu lavozimni egallab kelayotgandi.

O‘zbekististon Respublikasi prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha masalahatchisining birinchi o‘rinbosari Laziz To‘ychiyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Laziz To‘ychiyev tibbiyot fanlari doktori, professor hisoblanadi.
Faoliyati davomida To‘ychiyev Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (2016-2020) lavozimlarida ishlagan.
2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.
2020 yil noyabrida prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid

17:36 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtat birliklari qisqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

21:45 / 30.09.2024
“Siz boshlagan loyihalar kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi” - Saida Mirziyoyeva

21:34 / 21.06.2024
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi tashkil etiladi

12:59 / 01.11.2023