Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi tashkil etiladi 

O‘zbekiston 21:39 / 21.06.2024 2573

«Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, davlat muassasasi shaklida «Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi» ofisi tashkil etiladi. 

Markaz har oyda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida Prezident administratsiyasiga axborot beradi. 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va markaz tomonidan: 

2024 yilda:

- meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish va eksport ulushini oshirish uchun Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bo‘lgan 3 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etish choralari ko‘riladi. 

2024/2025 o‘quv yilidan:

- agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi takomillashtiriladi;

- Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim yo‘nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. 

Loyiha ofisiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish huquqi beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: